Zo‘rlash jinoyati bilan qamalib chiqqan sportchi Olimpiada davomida alohida yashaydi

Foto: Championat
Zo‘rlash jinoyati uchun qamalgan niderlandiyalik plyaj voleybolchisi Stiven van de Veld 2024 yilgi Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada boshqa sportchilardan alohida yashaydi.
Bu istakni sportchining o‘zi bildirgan, deb xabar beradi Niderlandiya Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) sayti. Shuningdek, u matbuot anjumanlarida gapirmaydi.
“Van de Veld bu ish haqida doim ochiq gapirgan. U sodir bo‘lgan voqeani hayotidagi eng katta xato deb ataydi va barcha ishtirokchilar uchun oqibatlaridan afsusda. Sportga qaytgach, barcha xalqaro turnirlarda qatnashdi. Biroq uning Olimpiadadagi ishtiroki ijtimoiy tarmoqlarda yangi rezonansga sabab bo‘ldi”, — deyiladi mamlakat MOQ saytidagi bayonotda.
Van de Veld 2014 yilda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani uchun Buyuk Britaniya va Niderlandiyada to‘rt yillik qamoq jazosini o‘tagan. 2024 yilgi o‘yinlarda sportchi Metyu Immers bilan tandemda ishtirok etadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Zo‘rlash jinoyati uchun qamalgan niderlandiyalik plyaj voleybolchisi Stiven van de Veld 2024 yilgi Fransiyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada boshqa sportchilardan alohida yashaydi.
Bu istakni sportchining o‘zi bildirgan, deb xabar beradi Niderlandiya Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) sayti. Shuningdek, u matbuot anjumanlarida gapirmaydi.
“Van de Veld bu ish haqida doim ochiq gapirgan. U sodir bo‘lgan voqeani hayotidagi eng katta xato deb ataydi va barcha ishtirokchilar uchun oqibatlaridan afsusda. Sportga qaytgach, barcha xalqaro turnirlarda qatnashdi. Biroq uning Olimpiadadagi ishtiroki ijtimoiy tarmoqlarda yangi rezonansga sabab bo‘ldi”, — deyiladi mamlakat MOQ saytidagi bayonotda.
Van de Veld 2014 yilda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani uchun Buyuk Britaniya va Niderlandiyada to‘rt yillik qamoq jazosini o‘tagan. 2024 yilgi o‘yinlarda sportchi Metyu Immers bilan tandemda ishtirok etadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













