Rasman: "Paxtakor" kolumbiyalik futbolchini safiga qoʻshib oldi

Rasman: "Paxtakor" kolumbiyalik futbolchini safiga qoʻshib oldi
Brayan Riaskos \"Paxtakor\"ning navbatdagi legioneriga aylandi.

\"1994 yil Kolumbiyada tavallud topgan Riaskos Oʻzbekistonga Xitoyning \"Tsindao Vest Kost\" jamoasidan tashrif buyurdi. Chin yurtida 16 ta oʻyinda 6 ta gol urgan hujumchi klubimizda 94-raqamda oʻynaydi.

Faoliyati davomida \"Gaziantep\", \"Metallist\", \"Nasonal\" kabi klublarda toʻp tepgan\", – deyiladi \"sherlar\" xabarida.
Rasman: "Paxtakor" kolumbiyalik futbolchini safiga qoʻshib oldi
\"Oʻzbekistonning eng kuchli jamoasida toʻp tepishimdan xursandman. Tugʻilgan yilimga monand 94-raqamni tanlayman va \"Paxtakor\" muxlislarini oʻz gollarim bilan xursand qilaman\", – deydi Riaskos.

Avvalroq \"Eshitdik-da\" rukni ostida \"Paxtakor\"ga kolumbiyalik hujumchi kelayotgani haqida xabar bergan edik.

Manba: \"Paxtakor\" matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.