"Navbahor" yana bir braziliyalik futbolchini qoʻshib oldi

"Navbahor" yana bir braziliyalik futbolchini qoʻshib oldi
Braziliyalik himoyachi Igor Gabriel \"Navbahor\" bilan shartnoma imzoladi.

Igor Gabriel 1999 yil 28 aprelda Braziliyaning Jaguariuna shahrida tugʻilgan.
"Navbahor" yana bir braziliyalik futbolchini qoʻshib oldi
Faoliyati davomida Braziliyaning \"Fluminense\" (Rio-de-Janeyro), Ozarbayjonning \"Sabah\" (Masazir), Belarusning \"Dinamo\" (Minsk), Ukrainaning \"Lvov\" (Lvov) jamoalarida toʻp tepgan.

Oʻtgan mavsumda esa Maltaning \"Xibernians\" (Paola) jamoasida oʻynagan.

Ma'lumot oʻrnida, \"lochinlar\" bungacha Shahzod Ubaydullayev, Shohmalik Komilov, Sherzod Gʻulomjonov, Mirzohid Gʻofurov, Abbosjon Gʻulomov, Benjamin Teydi, Sergey Karpovich, Gilerme Gedesh, Alisher Odilov, Shukron Yoʻldoshev, Rian Islamov, Umidjon Ergashev, Zabihillo Oʻrinboyev bilan shartnoma imzolagan.

Manba: \"Navbahor\" matbuot xizmati
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.