Ko‘zni quvontiruvchi manzarani "X"dan topdim!

Ko‘zni quvontiruvchi manzarani "X"dan topdim!
Bugun Yevropa Chempionlar ligasi doirasida \"Manchester Siti\" o‘z maydonida \"Real\"ni qabul qiladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan 11 fevraldan 12 fevralga o‘tar kechasi soat 01:00da start oladi.

\"X\" ijtimoiy tarmog‘i orqali Husanov haqida \"shaharliklar\" muxlislarining fikri bilan qiziqib ko‘rdim. Hayratlanarlisi, aksariyat \"Siti\" ishqibozlari bugungi \"Real\"ga qarshi bahsda o‘ng qanotda aynan u maydonga tushishni istayotganiga ko‘zim tushdi. Bu bir yoki ikki misol emaski, men buni sizlarga isbotlash uchun ko‘tarib olib kelsam. Istasangiz, o‘zingiz \"X\"ga (Tvitter) kiring va Khusanov xeshtegi orqali xabarlarni qidirib ko‘ring va o‘zingiz bunga guvoh bo‘lasiz.

Shuningdek, \"Siti\" faoliyatini yoritib boruvchi Priceless_MCI akkaunti bugungi bellashuv uchun taxminiy tarkibiga hamyurtimizni kiritgan. Ma’lumot uchun, ushbu akkauntga \"Siti\"ning \"X\"dagi rasmiy sahifasi ham obuna bo‘lgan:
Ko‘zni quvontiruvchi manzarani "X"dan topdim!
Shunday bo‘lsa-da, ko‘p xorij nashrlari bugun hamyurtimiz zaxirada qolishini taxmin qilmoqda. Biroq Gvardiola syurprizlari bilan doim bizni hayron qoldirib kelgan. Bugun Abduqodir bilan bog‘liq ana shunday syurprizlardan birini ko‘rsak, yomon bo‘lmasdi.

Muallif: Karim Xudayqulov
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.