Oʻrtoqlik oʻyini. "Nasaf" Rossiya klubi bilan durang oʻynadi

Oʻrtoqlik oʻyini. "Nasaf" Rossiya klubi bilan durang oʻynadi
Oʻzbekistonning amaldagi chempioni “Nasaf” yangi mavsumga tayyorgarlik koʻrish jarayonida turli klublar bilan oʻrtoqlik uchrashuvlarida ham ishtirok etmoqda.

Qarshiliklar Antaliyadagi navbatdagi bahda Rossiya birinchi ligasi peshqadami “Baltika” bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvda hisobni Rubin Xebay ochdi. Biroq hamyurtlarimizga gʻalabani ushlab qolish nasib qilmadi. Oʻyin yakunlanishi arafasida kaliningradliklar vaziyatni tenglashtirdi.

\"Nasaf\" — \"Baltika\" (Rossiya) 1:1
Gol
: Rubin Xebay.
\"Nasaf\": 1.Oleksandr Vorobey, 7.Akmal Mozgovoy, 14.Sharof Muhitdinov, 19.Stefan Cholovich, 22.Igor Golban, 23.Husayn Norchayev, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 69.Dragan Cheran, 92.Umarbek Eshmurodov.
Oʻrtoqlik oʻyini. "Nasaf" Rossiya klubi bilan durang oʻynadi
“Nasaf” yangi mavsumni oʻz maydonida boshlaydi. Roʻziqul Berdiyev shogirdlar 9 martga belgilangan dastlabki turda oʻtgan yili chempionat sovrindori “Soʻgʻdiyona”ni qabul qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.