"Roma" Shomurodovning so‘nggi daqiqadagi goli bilan "Atletik"ni mag‘lub etdi: "Jallorossi" muxlislarining g‘alabaga reaktsiyasi

"Roma" Shomurodovning so‘nggi daqiqadagi goli bilan "Atletik"ni mag‘lub etdi: "Jallorossi" muxlislarining g‘alabaga reaktsiyasi
7-mart kuni Yevropa Ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida \"Roma\" o‘z maydonida \"Atletik Bilbao\"ni qabul qildi.

Birinchi bo‘lim golsiz yakunlandi. Ikkinchi bo‘lim boshida mehmonlar Inyaki Uilyamsning aniq zarbasi bilan oldinga chiqib olishdi. Biroq 56-daqiqada Anjelino javob golini urdi va hisob tenglashdi.

O‘yinning eng dramatik lahzasi esa 90+3-daqiqada yuz berdi! Eldor Shomurodov o‘z jamoasi uchun g‘alaba golini urib, rimliklarga muhim ustunlikni taqdim etdi.

Natijada \"Roma\" \"Atletik\" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Yevropa Ligasi. 1/8 final. Ilk o‘yin
\"Roma\" – \"Atletik Bilbao\" – 2:1
Gollar: Anjelino (56), Shomurodov (90+3) – Uilyams (50).
Qizil kartochka: Alvares, 86 (\"Atletik\").

\"Roma\" muxlislari jamoaning g‘alabasini quyidagicha kutib olishdi:
Hanad Adam: \"Tabriklayman, Rim! Raneri ajoyib ish qilyapti!\"

Fabio Torre: \"Sen g‘alabaga ishonding… Yashasin buyuk Eldor!!! Shu ruhda davom eting!\"

La Voce Dei Romanisti: \"Bunday stadionda yutmaslik mumkin emas. Ikkinchi o‘yin payshanba kuni, ko‘rishguncha!\"

Alessio Passalalpi: \"Sizdan aynan shunday o‘yinlar kutgan edik. Ajoyib ish!\"

Fabio Belsano: \"Tanaffusdan keyin Chelik tanqidga uchragan edi, lekin u olqishlarga loyiq o‘yin ko‘rsatdi!\"

Gilberto Saccani: \"Tabriklayman \"Roma\"! Entuziazm, ehtiros, bayroqlar va ranglarning uyg‘unligi – bularning barchasi ajoyib. Raneri va \"Roma\" muxlislari haqiqatan ham eng zo‘r!\"
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.