Valverdening so‘nggi daqiqalardagi super goli «Real»ga muhim g‘alaba keltirdi (video)

Valverdening so‘nggi daqiqalardagi super goli «Real»ga muhim g‘alaba keltirdi (video)
Ispaniya La Ligasining 32-turidan o‘rin olgan uchrashuv yakunlandi.

Ushbu turda Karlo Anchelotti boshchiligidagi \"Real Madrid\" \"Atletik Bilbao\" bilan kuch sinashib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona golni 90+3 daqiqada urugvaylik yarim himoyachi hisoblangan Federiko Valverde o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

\"Qirollik klubi\" mazkur g‘alaba orqali \"Barselona\" bilan oradagi farqni 4 tagacha qisqartirdi.

La Liga. 32-tur

\"Real Madrid\" - \"Atletik\" 1:0
Gol
: Federiko Valverde 90+3.

\"Real Madrid\": Kurtua – Kamavinga, Ryudiger, Asensio (Vaskes, 84), Valverde – Chuameni Modrich (Gyuler, 78), Sebalos (Endrik, 58), Bellinghem – Vinisius, Rodrigo (Dias, 79).
\"Atletik\": Simon - Gorosabel, Paredes, Nunes, Boyro (Vivian, 87) - Prados, Vesga - Jalo (I. Uilyams, 62), Gomes (Lekue, 72), Berenger (Sanset, 62) - Guruseta (Sannadi, 62).
Ogohlantirishlar: Asensio, 75 – Nunes, 63, Prados, 86.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.