El-Klasikoda "Barselona" g‘alaba qozondi (gollar videosi)

El-Klasikoda "Barselona" g‘alaba qozondi (gollar videosi)
La Liganing 35-turida “Barselona” o‘z uyida “Real Madrid”ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Bu El-Klasiko gollar, temp va dramatik lahzalarga boy o‘tdi.

“Real” safida Kilian Mbappe xet-trik qayd etdi (5\', 14\', 70\'), biroq \"Barselona\" jamoasi birinchi taymdayoq 4 ta gol urib ustunlikni qo‘lga kiritdi. Gol mualliflari: Erik Garsiya (19\'), Lamin Yamal (32\') va Rafinia (34\', 45\').

“Barselona” statistikada ham ustunlik qildi – 22 zarba, 63% to‘p nazorati va 469 ta aniq pas. Ushbu g‘alaba orqali “Barselona” 82 ochkoga ega bo‘lib, peshqadamlikni saqlab qoldi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.