Shaxmat qiroli unvoni uchun uchrashuvning so‘nggi partiyasi keskin ruhda o‘tadigan bo‘ldi

Shaxmat qiroli unvoni uchun uchrashuvning so‘nggi partiyasi keskin ruhda o‘tadigan bo‘ldi
Shaxmat qiroli unvoni uchun uchrashuvning so‘nggi partiyasi keskin ruhda o‘tadigan bo‘ldi

Nyu-Yorkda shaxmat bo‘yicha jahon chempioni unvoni uchun rossiyalik shaxmat ustasi Sergey Karyakin va amaldagi jahon chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsen o‘rtasida kechayotgan uchrashuvning 11-partiyasida navbatdagi durang natija qayd qilindi. Shundan keyin umumiy hisob 5,5:5,5 bo‘ldi.

Raqiblar o‘yin boshlangandan 3,5 soat o‘tgach, 34-yurishdan keyin potga rozi bo‘ldilar. Uchrashuvning so‘nggi 12-partiyasi 28 noyabrda bo‘lib o‘tadi. Karyakin qora figuralar bilan o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, dastlabki 7 ta partiya durang, 8-partiya Karyakin foydasiga, 9-partiya yana durang va 10-partiya norvegiyalikning g‘alabasi bilan yakunlangan. Agar 12-partiyada ham durang natija qayd qilinsa, unda shaxmatchilar 30 noyabrda tay-breyk o‘tkazadilar.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.