Milan va Al-Xilol Ernandes transferini tasdiqladi

Milan va Al-Xilol Ernandes transferini tasdiqladi
Italiyaning “Milan” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klublari fransuz himoyachisi Teo Ernandesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb xabar berdi Euro-football.ru.

Taniqli jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qilishicha, futbolchi o‘zi ham ikki hafta avval bu o‘tishga rozilik bildirgan.

Klublar AQShda bo‘lib o‘tadigan Klub jahon chempionati yakunlangach, barcha rasmiy jarayonlarni nihoyasiga yetkazishni rejalashtirmoqda.

2024/2025 yilgi mavsumda 27 yoshli fransuz futbolchi barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 6 ta assist berdi.

Uning “Milan” bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil 30-iyungacha amal qiladi. Ernandesning hozirgi bozor qiymati 35 million yevro (taxminan 470 milliard so‘m) deb baholanmoqda.

Bu transfer ikki klub uchun ham strategik ahamiyatga ega bo‘lib, futbolchining faoliyatida yangi sahifa ochiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.