Amorim 23 yoshli Lammensning beshta seyvini yuqori baholadi

Amorim 23 yoshli Lammensning beshta seyvini yuqori baholadi
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa darvozaboni Senne Lammensning o‘yinidan mamnunligini bildirdi. U o‘tgan hafta Liverpulga qarshi safarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda beshta zarbani qaytardi va jamoasiga 2:1 hisobidagi g‘alabani ta’minlashda muhim rol o‘ynadi.

Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Amorim matbuot anjumanida Lammensning o‘yinidan biroz hayratda qolganini aytdi.

U Manchester Yunayted darvozabonlari har doim bosim ostida bo‘lishini, Lammens esa yosh bo‘lishiga qaramay, bu bosimga yaxshi dosh berayotganini ta’kidladi. 23 yoshli Senne Lammens sentyabr oyining boshida Antverpendan Manchester Yunayted safiga qo‘shilgan.

Uning transferi 21 million yevroga baholangan. Lammens joriy mavsumda jamoa asosiy tarkibidan joy egallab, muhim o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatmoqda.

Kelgusida u Manchester Yunayted darvozasini ishonchli himoya qilishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.