Real prezidenti Viniusius va Alonsoni yarashtirdi

Real prezidenti Viniusius va Alonsoni yarashtirdi
Real Madrid prezidenti Florentino Peres klub bazasiga tashrif buyurib, bosh murabbiy Xabi Alonso va hujumchi Viniusius Junior bilan uchrashdi. Maʼlum qilinishicha, Viniusiusning El-Klasiko o'yinida almashtirilishiga nisbatan noroziligi sabab ularning o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan edi.

Defensa Central xabariga ko‘ra, Peres Viniusius va Alonsoni yarashtirish uchun harakat qilgan. «Bizning tashqarida yetarlicha dushmanlarimiz bor, ular Realga ziyon yetkazishni istaydi.

Faqat ichki birlik orqali biz katta natijalarga erisha olamiz», — dedi Peres. Uchrashuvdan so‘ng, Viniusius klub prezidenti bilan suhbatdan keyin rasmiy bayonot chiqarib, kechirim so‘radi.

Realning navbatdagi uchrashuvi 1-noyabr kuni Valensiyaga qarshi oʻz maydonida boʻlib oʻtadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.