Diogu Jota 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Diogu Jota 2025 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
Joriy yilning seshanba kuni "PSJ" klubi vingeri Dezire Due "Golden Boy" mukofotini qoʻlga kiritib, yilning eng yaxshi yosh futbolchisi unvoniga ega boʻldi. Tuttosport nashri tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni esa marhum Diogu Jotaga berildi.

Portugaliyalik futbolchi 2025 yil iyul oyida oʻz akasi bilan birga yoʻl-transport hodisasida halok boʻlgan edi. Diogu Jota oʻtgan mavsumda "Liverpul" klubini Angliya chempioniga aylantirishga katta hissa qoʻshdi.

Shuningdek, Portugaliya milliy terma jamoasi safida Millatlar Ligasi kubogini qoʻlga kiritdi. Marhum Jotaning yoshi atigi 28 da edi.

Fojia sabab "Liverpul" klubi uning 20-raqamini abadiylashtirdi va futbolchining oilasiga shartnoma boʻyicha barcha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq toʻlab berdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.