Barselona sobiq Real futbolchisini sotib olmoqchi

Barselona sobiq Real futbolchisini sotib olmoqchi
Soʻnggi kunlarda matbuotda Barselonaning yangi yarim himoyachini xarid qilish rejasi haqida xabarlar tarqaldi. Xususan, Xans-Diter Flik Arsenal sardori Martin Edegorni oʻz jamoasida koʻrishni xohlayotgani haqida maʼlumot berilgan edi.

Maʼlumki, norvegiyalik futbolchi oʻz vaqtida Real Madrid safida ham oʻynagan. Biroq, bu xabarlar hozircha aniq manbalarga asoslanmagan.

Shunga qaramay, Fichajes nashri Arsenalning Barselona qiziqishiga javoban Edegorni yangi shartnoma bilan jamoadan uzoqlashtirmaslik niyatida ekanini qayd etadi. "Kanonirlar" 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

Martin Edegorning transfer bozoridagi qiymati 80 million yevroga baholanmoqda. Unga Arsenal bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2028-yil oʻrtalariga qadar amal qiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.