Paolo Kannavaro Peskarani boshqarishi mumkin

Paolo Kannavaro Peskarani boshqarishi mumkin
Italiyaning "Peskara" klubi bosh murabbiyini isteʼfoga chiqargani haqida avval xabar berilgandi. Endilikda klub rahbariyati jamoani boshqarishga rozi boʻladigan yangi mutaxassisni izlamoqda.

Eng asosiy nomzod sifatida "Napoli"ning sobiq futbolchisi Paolo Kannavaro koʻrilmoqda. "Delfinlar" rahbariyatining Kannavaro bilan aloqalari haqida taniqli italiyalik jurnalist Nikolo Skira maʼlum qilgan.

Shuningdek, Francesco Modesto va Jorjo Gorgone kabi mutaxassislar ham muhokamada. "Peskara" oxirgi marta 2016/2017-yilgi mavsumda Italiya oliy ligasi – A Seriyasida qatnashgan.

Hozirda esa jamoa B Seriyada ishtirok etmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.