Burnli futbolchisi muxlisga tupurgani uchun jazolanadi

Burnli klubi futbolchisi, tunislik Xannibal Mejbriga Angliya Premer-ligasi intizomiy qo'mitasidan muxlisga tupurgani uchun uzoq muddatli diskvalifikatsiya tahdid qilmoqda. Ushbu voqea bir oy oldin, 18-oktabrda, Burnli va Lids oʻrtasidagi o‘yinning ikkinchi bo‘limida sodir bo‘lgan.
Bu uchrashuvda Burnli 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. O‘yin yakunidan so‘ng, Lids muxlisi futbolchining harakatidan shikoyat qilgan va rasmiy tekshiruv boshlangan.
Agar futbolchining aybi isbotlansa, sobiq Manchester Yunayted futbolchisi olti o‘yinga qadar diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Hozirda Burnli jamoasi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Bu uchrashuvda Burnli 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. O‘yin yakunidan so‘ng, Lids muxlisi futbolchining harakatidan shikoyat qilgan va rasmiy tekshiruv boshlangan.
Agar futbolchining aybi isbotlansa, sobiq Manchester Yunayted futbolchisi olti o‘yinga qadar diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Hozirda Burnli jamoasi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













