Angliya terma jamoasida “Arsenal” futbolchilari yorqin o‘yin ko‘rsatdi


Bukayo Saka va Eberechi Ezening gollari Angliya terma jamoasiga Serbiyaga qarshi o‘yinda g‘alaba keltirdi (2:0). Ushbu o‘yin JCh–2026 saralash bosqichining so‘nggi oldi turida bo‘lib o‘tdi.
24 yoshli Saka 28-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, uning 27 yoshli jamoadoshi Eze 90-daqiqada yakuniy hisobni o‘rnatdi. Opta statistikalariga ko‘ra, bu tarixda beshinchi marta “Arsenal” futbolchilari Angliya terma jamoasi safida bitta o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lishgan.
Oxirgi marta bunday holat 2021-yil noyabrida San-Marino bilan o‘tkazilgan o‘yinda Saka va Emil Smit-Rou tomonidan qayd etilgan edi. Angliya terma jamoasi ushbu g‘alaba bilan AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan JCh–2026ga yo‘llanmani muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













