Voytsex Shesni faoliyatidagi eng ogʻir lahzani esladi

“Barselona” darvozaboni Voytsex Shesni oʻzining faoliyati davomida boshidan kechirgan eng ogʻir lahzani esladi. Polshalik darvozabonning yoqimsiz xotirasi Londondagi "Arsenal" klubiga bogʻliq boʻlib, u ushbu jamoa safida 2006 yildan 2017 yilgacha faoliyat olib borgan.
"‘Arsenal’da menga endi ular rejasiga kirmasligimni aytishganida bu juda ogʻir boʻlgan. Bu mening butun faoliyatimdagi eng qiyin lahza edi.
Bu yuragimni chilparchin qilgan yagona holat edi. Uyga qaytganimda yigʻlab yuborganimni yaxshi eslayman.
Keyinchalik esa bunday qaror qabul qilinishiga 2015 yildagi sigaret bilan bogʻliq voqea sabab boʻlganini tushundim", – dedi 35 yoshli darvozabon intervyusida. Oʻtgan yilning oktyabr oyidan beri Voytsex Shesni "Barselona" sharafini himoya qilmoqda.
Yozda u kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2027 yilning oʻrtasiga qadar uzaytirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!"‘Arsenal’da menga endi ular rejasiga kirmasligimni aytishganida bu juda ogʻir boʻlgan. Bu mening butun faoliyatimdagi eng qiyin lahza edi.
Bu yuragimni chilparchin qilgan yagona holat edi. Uyga qaytganimda yigʻlab yuborganimni yaxshi eslayman.
Keyinchalik esa bunday qaror qabul qilinishiga 2015 yildagi sigaret bilan bogʻliq voqea sabab boʻlganini tushundim", – dedi 35 yoshli darvozabon intervyusida. Oʻtgan yilning oktyabr oyidan beri Voytsex Shesni "Barselona" sharafini himoya qilmoqda.
Yozda u kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2027 yilning oʻrtasiga qadar uzaytirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













