Mal'dini Skudetto uchun da'vogarlarni sanadi

Mal'dini Skudetto uchun da'vogarlarni sanadi
Italiya terma jamoasi va "Milan"ning sobiq himoyachisi Paolo Mal'dini Italiya chempionati poygasi haqida fikr bildirdi. U "Milan"ning imkoniyatlariga unchalik ishonmaydi.

Mal'dinining fikricha, hatto "Yuventus" ham A Seriya chempionligi uchun kuchliroq da'vogar bo'lishi mumkin. "Menimcha, chempionlik uchun kurashda "Inter", "Napoli" va "Yuventus" asosiy nomzodlar hisoblanadi.

Ammo agar "Milan" hozirgi sur'atini saqlab qolsa, u ham bu poygada ishtirok etishi mumkin", - deya Mal'dinining so'zlarini keltiradi pianetamilan.it. Eslatib o'tamiz, so'nggi marta "Yuventus" Italiya chempionligini 2020-yilda qo'lga kiritgan.

"Napoli" va "Inter" esa so'nggi besh mavsumning to'rttasida g'olib bo'lishgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.