Bavariya Alabaning qaytishi haqida gapirdi

Bavariya Alabaning qaytishi haqida gapirdi
Bavariyaning sport direktori Kristofer Froʻynd David Alabaning klubga qaytishi ehtimoli haqida savolga javob berdi. 33 yoshli Alabaning hozirgi shartnomasi Real Madrid bilan 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

"Alabaning Bavariyaga qaytishi ehtimoli bormi – istalgan rolda?" degan savolga Froʻynd shunday javob berdi: "Hozircha bunday reja yoʻq. Ammo u Bavariyada oʻtkazgan vaqti davomida klubga katta taʼsir koʻrsatgan.

U ajoyib inson va aqlli futbolchi. Futbolchi sifatida faoliyatini yakunlagandan soʻng ham u yaxshi yoʻnalishda davom etadi.

Lekin u hali ham oʻynashni xohlaydi va Avstriya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida qatnashish niyatida." Bavariya Germaniya chempionatida hozirda yetakchilik qilmoqda va ikkinchi oʻrindagi RB Leyptsigni oltita ochkoga ortda qoldirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.