Xabi Alonsoning Vinisiusni zaxirada qoldirish qarori


Madridning \"Real\" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso \"Elche\"ga qarshi o\'yinda (2:2) Vinisius Juniorning asosiy tarkibda boshlamaganiga izoh berdi. Braziliyalik hujumchi maydonga faqat 57-daqiqada chiqib, o\'z vatandoshi Rodrigo oʻrnini egalladi.
\"Biz o\'yindan oldin hammasini muhokama qildik. Vinisius o\'z rolini tushunadi va zaxiradan maydonga tushgandan keyin ham jamoaga foyda keltirishi mumkinligini biladi.
U jamoa uchun muhim futbolchi\", – dedi Alonso The Touchline nashriga. \"Qirollik klubi\"ning gollari esa Din Xoysen va Jud Bellingem tomonidan 78 va 87-daqiqalarda kiritildi.
Shu hafta, 26-noyabr kuni \"Real\" Chempionlar Ligasi doirasida safarda \"Olimpiakos\"ga qarshi o\'ynaydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













