Di Matteo: “Arsenalni toʻxtatib boʻlmaydi”

Di Matteo: “Arsenalni toʻxtatib boʻlmaydi”

Di Matteo: “Arsenalni toʻxtatib boʻlmaydi”
Italiyalik murabbiy Roberto Di Matteo joriy mavsumda Londonning “Arsenal” jamoasi oʻyinlarini yuqori baholadi. “Hozir ular toʻxtatib boʻlmasdek koʻrinadi.

Ular juda ishonchli oʻyin koʻrsatmoqda, ajoyib tashkil etilgan himoya liniyasi sababli APLda eng kam gol oʻtkazib yuborishgan. Shu bilan birga, ularning hujumi ham juda xavfli”, – dedi ekspert Sky Sportsga bergan intervyusida.

Bundan tashqari, Di Matteo “toʻpchilar”ning pressingi raqiblarni muntazam ravishda xatoga majbur qilishini ham taʼkidladi. Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa ayni vaqtda Angliya chempionati turnir jadvalida birinchi oʻrinni egallab turibdi.

Londonliklar 12 turdan soʻng 29 ochko toʻplagan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.