"Galatasaroy" futbolchisini shubha tufayli chetlatdi

"Galatasaroy" futbolchisini shubha tufayli chetlatdi

Turkiyaning \"Galatasaroy\" klubi himoyachisi Eren Elmali shartlashilgan o‘yinlarda ishtirok etishda gumon qilinib, klubdagi sport faoliyatidan chetlatildi. Faqat klubdagina emas, balki Turkiya milliy jamoasi ham unga nisbatan cheklovlarni qo‘lladi (bu kutilgan hol edi).

Bu holat Turkiya futbolida davom etayotgan korrupsiya mojarosining navbatdagi aks-sadosidir. Portugaliyaning A Bola nashriga ko‘ra, mazkur hisobotda mingdan ortiq futbolchilar tilga olingan va ularning barchasi faoliyatdan chetlatilishi mumkin.

Elmali \"Galatasaroy\" safida ko‘pdan beri o‘ynamaydi. U 2025-yil fevral oyida \"Trabzonspor\"dan 4 million yevro evaziga transfer qilingan edi.

Joriy mavsum davomida u uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.