Atletiko hujumchisi Soʻrlot Turkiyaga ko'chishi mumkin

Atletiko hujumchisi Soʻrlot Turkiyaga ko'chishi mumkin
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Aleksandr Soʻrlot faoliyatini Ispaniya chempionatidan Turkiya Superligasiga o'zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Yagiz Sabunjugʻlu o'zining ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, tomonlar kelasi hafta muzokaralar o'tkazishi mumkin. Agar Ispaniyaning top-klubi qishki transfer oynasida yangi hujumchi bilan tarkibni kuchaytirsa, turk klubi Soʻrlotni sotib olish bo'yicha rasmiy taklif beradi.

Norvegiyalik futbolchi o'zi "Atletiko"da barqaror o'yin amaliyotiga ega emasligi sababli jamoani almashtirishga qarshi emas. Soʻrlotning "Atletiko" bilan shartnomasi 2028-yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.

Uning transfer narxi hozirgi vaqtda 25 million yevroga baholanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.