Ispaniya kubogi. "Barselona" safarda "Atletiko"ni mag‘lub etdi


Ispaniya kubogi yarim finalining birinchi o‘yinida \"Atletiko Madrid\" o‘z uyida \"Barselona\"dan mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv 1:2 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Birinchi bo‘limda Luis Suares hamda Lionel Messi 1tadan gol kiritdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar hujumchisi Grizmann kiritgan gol evaziga oradagi farqni qisqartira olishdi.
Atletiko – Barselona 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 7 Suares, 0:2 – 33 Messi, 1:2 – 59 Grizmann.
Atletiko – Moyya, Godin, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Ferreyra Karrasko (Gameyro, 70), Gabi, Koke, Saul (Gaytan, 59), Grizmann, Vrsalko (Torres, 46).
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Maskerano, Rakitich (Denis Suares, 58), Serji Roberto, Andre Gomesh (Rafinya, 72), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Saul (31), Savich (39), Neymar (64), Grizmann (75), Gabi (84), Messi (90), Maskerano (90), Xuanfran (90).
[media=https://youtu.be/ruj48o7l-9o]
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













