Bastoni «Barselona» haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Bastoni «Barselona» haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
OAVda «Barselona» «Inter» himoyachisi Alesandro Bastoniga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Futbolchining o'zi esa kataloniyaliklar bilan bog'langan gap-so'zlarga izoh berdi.

«Bu meni faxrlantiradi, demak hammasini to'g'ri qilyapman. Men ham siz o'qiyotgan narsalarni o'qiyman.

Aniq bir narsa yo'q. Men «Inter»da baxtliman va menda hech qanday muammo yo'q.

Futbol maydonidan tashqaridagi narsalar haqida o'ylamayman. «Inter»da qolamanmi?

Ehtimol, ha», — dedi Bastoni. Uning so'zlarini Yahoo!

Sports Sport Mediasetga tayanib keltirdi. 26 yoshli Alesandro Bastonining Transfermarkt portalidagi bahosi 80 million yevroni tashkil etadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.