Chelsida Enso Mareskaning ommaviy bayonotlari tanqid qilinmoqda

Chelsida Enso Mareskaning ommaviy bayonotlari tanqid qilinmoqda
Chelsi rahbariyati bosh murabbiy Enso Mareskaning ommaviy chiqishlaridan mamnun emas. So'nggi vaqtlarda italiyalik mutaxassis klub ichida rahbariyat bilan ayrim kelishmovchiliklar borligini yashirmayapti, biroq ehtimoliy nizoga doir aniq tafsilotlar hozircha ochiqlanmagan.

Guardian Sport xabariga ko'ra, klub Mareskaning jamoa bilan erishilgan avvalgi natijalarni “buzg'unchi” ruhda tilga olayotganidan norozi. Chelsida murabbiyning xatti-harakati keskin o'zgargani qayd etilmoqda.

Shuningdek, klubdagilar Mareska ishonch uchun minnatdor bo'lishi kerak, degan fikrda: u hozirgi lavozimga tayinlanishidan avval Chempionshipda ishlagan va yuqori darajadagi top-klublarda katta talabga ega bo'lmagan. Enso Mareskaning Chelsi bilan shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Mutaxassis jamoani o'tgan mavsum boshidan buyon boshqarib kelmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.