Martin Yakubko Safonov haqida: Bir o'yin bilan buyuk darvozabon bo'lib bo'lmaydi

Slovakiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Martin Yakubko PSJ darvozaboni Matvey Safonovning Braziliyaning “Flamengo”siga qarshi Qit'alararo kubok uchrashuvidagi o'yinini izohladi. “Bitta natija bilan hali hech kim buyuk darvozabonga aylanmagan.
Albatta, 4 ta penaltini qaytarish — buni, desak ham bo'ladi, mo'jiza. Ammo bitta o'yin asosida qat'iy xulosa chiqarib bo'lmaydi”, — deya Yakubko so'zlarini “RB Sport” keltiradi.
PSJ va “Flamengo” o'rtasidagi bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida parijliklar aniqroq harakat qildi — 2:1.
Safonov nuqtadan berilgan to'rtta zarbani qaytardi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Albatta, 4 ta penaltini qaytarish — buni, desak ham bo'ladi, mo'jiza. Ammo bitta o'yin asosida qat'iy xulosa chiqarib bo'lmaydi”, — deya Yakubko so'zlarini “RB Sport” keltiradi.
PSJ va “Flamengo” o'rtasidagi bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida parijliklar aniqroq harakat qildi — 2:1.
Safonov nuqtadan berilgan to'rtta zarbani qaytardi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













