Barselona La Ligada 12 yillik rekordni yangiladi

Barselona La Ligada 12 yillik rekordni yangiladi
Barselona La Ligadagi ketma-ket gol urilgan o'yinlar seriyasini uzaytirdi. Kataloniyaliklar chempionatning yakshanba kungi uchrashuvida Villarrealni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvda Rafinya Dias 12-daqiqada, Lamin Yamal esa 63-daqiqada gol urdi. Opta ma'lumotiga ko'ra, Barselona La Ligada ketma-ket 38 o'yindan beri kamida bittadan gol urib kelmoqda.

Bu klub uchun 2013 yildan buyon eng yaxshi natija hisoblanadi. 12 yil avval esa "Barsa" chempionat tarixidagi eng uzoq seriyani qayd etib, 64 uchrashuvda ketma-ket gol urgandi.

Xans-Diter Flik jamoasining keyingi raqibi Espanol bo'ladi. Barselona derbisi 3-yanvar kuni o'tkaziladi.

Amaldagi chempionlar yilni turnir jadvalida birinchi o'rinda yakunlab, Madridning Real klubidan 4 ochko oldinda bormoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.