Krishtianu Ronaldu Globe Soccer marosimida yangi sovrinni qo'lga kiritdi

“Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Globe Soccer Awards taqdirlash marosimida e’tiborsiz qolmadi. U “Yaqin Sharqning eng yaxshi futbolchisi” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ronaldu yaqinda 2025 yil davomida urgan gollari sonini 40 taga yetkazdi. Portugaliyalik yulduz futbol tarixidagi eng sermahsul to‘purar bo‘lib turibdi — uning hisobida 956 ta gol bor. U faoliyati davomida 1000 gol marrasiga yaqinlashib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu avvalroq besh bor “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Yevropadagi faoliyati davomida u “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus” klublarida to‘p surgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













