Milan Nkunki bo'yicha Fenerbahche taklifini rad etdi

Milan Nkunki bo'yicha Fenerbahche taklifini rad etdi

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi «Milan» hujumchisi Kristofer Nkunki transferi ustida ishlamoqda. Manbaga ko'ra, Domeniko Tedesko jamoasi «rossoneri»ga 20 million yevrolik rasmiy taklif yuborgan, biroq italiyaliklar bu taklifni qabul qilmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fanatik xabariga asosan, «Fenerbahche» muzokaralarni to'xtatmoqchi emas. Istanbul klubi fransuz futbolchini qishki transfer oynasidayoq olib kelish uchun taklif summasini 30 million yevrogacha oshirishga tayyor.

Joriy mavsumda 28 yoshli Nkunki «Milan» safida barcha turnirlarda 15 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli pas muallifi bo'ldi. Uning «rossoneri» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.