Liverpul Arsenalga qarshi bahsni antirekord bilan yakunladi

APLning 21-tur markaziy uchrashuvida Londonning «Arsenal» jamoasi «Liverpul»ni qabul qildi va tomonlar 0:0 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi. Opta Analyst ma’lumotiga ko‘ra, bu bahsda mersisaydliklar yoqimsiz statistik qayd bilan ajralib turdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Qizillar» Angliya premer-ligasi doirasida 16 yildan beri ilk bor o‘yin davomida darvoza to‘sig‘iga birorta ham aniq zarba bera olmadi. Oxirgi marta bunday holat 2010 yil martida «Liverpul» «Uigan»ga 0:1 hisobida yutqazgan uchrashuvda kuzatilgandi.
«Emireyts»dagi durangdan so‘ng Arne Slot boshqaruvidagi jamoa turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. «Liverpul» APLning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













