Fenerbahche Kante transferi bo'yicha rasmiy taklif yubordi

Fenerbahche Kante transferi bo'yicha rasmiy taklif yubordi

Turkiyaning «Fenerbahche» klubi Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasida to'p surayotgan tayanch yarim himoyachi N'Golo Kante bilan shartnoma tuzish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Milliyet nashri xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, Istanbul klubi muzokaralarni cho'zmasdan, tezkor harakat qilishni maqsad qilgan. 13-yanvar kuni 34 yoshli fransuz futbolchining agenti bilan uchrashuv o'tkazilishi kutilmoqda.

Kante joriy mavsumda 21 ta o'yinda maydonga tushib, har uchrashuvda o'rtacha 87 daqiqa harakat qildi va bir gol urdi. Qizig'i, u shu vaqtgacha birorta ham ogohlantirish yoki chetlatish kartochkasi olmagan.

Avvalroq Kante «Chelsi» va «Lester» kabi klublarda ham o'ynagan. Transfermarkt portali futbolchining bozor bahosini 4,5 million yevroga tenglashtirmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.