Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yana yutqazdi

Leonid Slutskiy boshqaruvidagi “Shanxay Shenxua” Osiyo Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 6-turida navbatdagi mag\'lubiyatni qabul qildi. Xitoy klubi safarda Yaponiyaning “Xirosima” jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdagi yagona gol 78-daqiqada kiritildi — mezbonlar himoyachisi Hayato Araki aniq zarba bilan hisobni ochdi. Shu tariqa “Shanxay Shenxua” uchun bu turnirdagi ketma-ket uchinchi mag\'lubiyat bo\'ldi.
Olti turdan so\'ng Slutskiy jamoasi 4 ochko bilan jadvalda 11-o\'rinda bormoqda. “Xirosima” esa 11 ochko jamg\'argan holda uchinchi pog\'onada joylashgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













