Kapello Pulisich va Leau o‘rtasidagi farqni aytdi

Kapello Pulisich va Leau o‘rtasidagi farqni aytdi

“Milan”ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello jamoaning yetakchi hujumchilari Kristian Pulisich va Rafael Leau haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, ikkisi ham doim harakatda bo‘lishni yoqtiradi: maydonda bo‘shliqlarni kengaytiradi yoki toraytiradi, o‘yinini topish uchun orqaroqqa ham tushib turadi. Kapelloga ko‘ra, Pulisich jarima maydoni ichida samaraliroq harakat qiladi, Leau esa bu borada o‘sishda davom etyapti. Shunga qaramay, ularning hech biri hujumni yakunlash instinkti bo‘yicha Lautaro darajasida emas.

Hozirda “Milan” Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Yakshanba kuni jamoani “Roma”ga qarshi uchrashuv kutib turibdi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.