Kilmyes stadioni qayta qurilishi uchun muxlislar yordamini soramoqda

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri sanaladigan «Kilmyes» 1887 yilda tashkil topgan va katta muxlislar armiyasiga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq hozir klub ogir davrni boshdan kechirmoqda va rahbariyat stadionni qayta qurish rejasini amalga oshirish uchun muxlislarga murojaat qildi.
Gap odatdagidek pul yigish haqida emas: klub ishqibozlarni stadionga kelib, jismonan mehnat qilishga — ta'mirlash va qayta jihozlash bo'yicha vazifalarni bajarishga chorlamoqda.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukmron bo'lishiga qaramay, muxlislar bu taklifni iliq qabul qilib, yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













