Al-Nasr Sadio Mane kelajagi bo‘yicha qarorga keldi

Al-Nasr Sadio Mane kelajagi bo‘yicha qarorga keldi

Hujumchi Sadio Mane “Al-Nasr”ni tark etishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

365Scores Arabia xabariga ko‘ra, Saudiya klubi senegallik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilish niyatida emas. Mane bilan amaldagi kelishuv esa 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.

Mane 2023 yilda “Bavariya”dan “Al-Nasr”ga 30 million yevro evaziga o‘tgandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 17 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol urdi va 6 assist qayd etdi. Transfermarkt portali forvardni 7 million yevroga baholamoqda.

Ayni paytda “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatida 37 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.