David Trezege Buenos-Ayresda River Pleyt rahbariyatiga qaytdi

Turinning “Yuventus” klubi va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi David Trezege yana Argentinaga qaytdi. U avvalroq “River Pleyt” safida ham to‘p surib, hatto Argentina futbolining ikkinchi ligasida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu gal Trezege maydonga emas, klub boshqaruv tizimiga kirish uchun Buenos-Ayresga keldi. “River Pleyt” uni rahbariyat ishtirokidagi taqdimot marosimida jamoatchilikka tanishtirdi.
Klub Trezegening aniq lavozimini ochiqlamadi, biroq u strategik yo‘nalishlar bo‘yicha ishlashi va “River Pleyt”ni institutsional darajada vakillik qilishi aytildi.
Eslatib o‘tamiz, fransuz futbolchi professional faoliyatini 2015 yilda yakunlagan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













