Flik Barselona qishki transferda boshqa futbolchi olmaydi

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik klubning transfer bozoridagi rejalariga aniqlik kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kataloniyaliklar yanvar oyida tarkibni Joau Kanselu bilan kuchaytirdi: qanot himoyachisi Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubidan mavsum oxirigacha ijaraga olindi. Flikning so'zlariga ko'ra, bu qishdagi so'nggi qo'shilish bo'lib qoladi.
"Real Ovedo" ustidan 3:0 hisobidagi g'alabadan keyin mutaxassis ehtimoliy yangi transferlar haqida so'ralganda: "Bu oyda endi hech kimni imzolay olmaymiz", — deya javob berdi.
21 turdan so'ng "Barselona" La Liga jadvalida 52 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi va Madriddagi "Real"ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













