Chelsi himoyachi Anselminoni ijaradan muddatidan oldin qaytardi

Chelsi himoyachi Anselminoni ijaradan muddatidan oldin qaytardi

Dortmundning «Borussiya» klubi rasmiy saytida himoyachi Aaron Anselminoning ijara muddati tugamasdan «Chelsi» safiga qaytishini ma’lum qildi. London jamoasi shartnomadagi tegishli bandni ishga tushirgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Anselmino yoz oxirida «Borussiya»ga kelib qo‘shilgandi. Ijara davrida u 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

20 yoshli argentinalik himoyachi 2024 yilda «Chelsi»ga o‘tgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar uni «Boka Xuniors»dan 16,5 million yevroga sotib olgan.

Ayni vaqtda «Chelsi» Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.