Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Xuniors» sport direktori lavozimiga Marselo Delgadoni tayinlaganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqindan hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub hozirda tarkibni zudlik bilan kuchaytirishga ehtiyoj sezmoqda. Shu bois Delgado va Rikelme tandemi yaqin transferlar borasida faol ish olib borishi kutilmoqda.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham tanilgan: u Argentina terma jamoasi safida 1995–2002 yillarda 18 ta o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogi to‘purari bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.