Boka Xuniors klubida sport direktori lavozimi yangilandi

Boka Xuniors klubida sport direktori lavozimi yangilandi

Argentinaning “Boka Xuniors” klubi sport direktori sifatida Marselo Delgado tayinlanganini ma’lum qildi. U jamoa prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Klub tarkibni tezkor kuchaytirishga muhtoj, shu bois yangi rahbariyat transfer va jamoani mustahkamlash masalalariga jiddiy kirishishi kutilmoqda.

Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasida 18 o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan.

Shuningdek, 2003 yilda u Libertadores kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan — bu ko‘rsatkichni Braziliyaning “Santos” klubi hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan bo‘lishib olgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.