Jezush Ronaldu yaqin o'yinda maydonga tushmasligini aytdi

Jezush Ronaldu yaqin o'yinda maydonga tushmasligini aytdi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvni o'tkazib yuborishini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Er-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgani aytilayotgan bo'lsa-da, aynan shu o'yinda u yana tarkibda bo'lmaydi.

«Zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir qancha futbolchilarga dam berishga qaror qildik. Oldinda «Al-Fateh»ga qarshi juda muhim o'yin bor», — deya Jezushning so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.

Murabbiy ta'kidlashicha, Ronalduga dam berilishi yangilik emas: u avval ham Saudiya Arabistonidan tashqarida o'tadigan uchrashuvlarda bir necha bor maydonga tushmagan.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvi 14-fevral, shanba kuni bo'lib o'tadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.