Al-Hilal Nunesni chetlatib, Benzemani roʻyxatga kiritdi

Al-Hilal Nunesni chetlatib, Benzemani roʻyxatga kiritdi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Arabiston chempionatida maydonga tushmaydi. «Al-Hilal»ning italiyalik bosh murabbiyi uni ichki liga uchun arizadan chiqarib, jamoaga yangi qoʻshilgan Karim Benzemaga joy bo‘shatdi. Shunga qaramay, Nunes Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun qaydnomada qoldirildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» hamda Angliyaning «Liverpul» klublarida to‘p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etiladi va hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan. Shuningdek, Qatar mezbonlik qilgan 2022 yilgi jahon chempionatida ham ishtirok etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.