Nunes Arabiston ligasi ro'yxatidan chiqarildi, o'rnini Benzema egalladi

Nunes Arabiston ligasi ro'yxatidan chiqarildi, o'rnini Benzema egalladi

Urugvaylik hujumchi Darvin Nunes mavsumning qolgan qismida Arabiston chempionatida maydonga tusha olmaydi. «Al-Hilol»ning italiyalik bosh murabbiyi uni liga uchun berilgan ro'yxatdan chiqarib, tarkibga klubga ko'chib o'tgan Karim Benzemani kiritishni tanladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shunga qaramay, Nunes jamoaning Osiyo Chempionlar ligasi uchrashuvlari uchun arizasida qoldi va ushbu turnir doirasida «Al-Hilol»ga yordam berishda davom etadi.

Ma'lumot uchun, Nunes avvalroq Ispaniyaning «Almeriya», Portugaliyaning «Benfika» va Angliyaning «Liverpul» klublarida to'p surgan. U 2019 yildan buyon Urugvay terma jamoasiga jalb etilib keladi, hozirgacha milliy jamoa safida 13 ta gol urgan hamda 2022 yil Qatar'dagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.