Boka Xuniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi sport direktori lavozimiga Marselo Delgado kelganini rasman e’lon qildi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jamoa tarkibini zudlik bilan kuchaytirish zarurati bor, shu bois Delgado va Rikelme transferlar hamda seleksiya yo‘nalishida faol ish olib borishi kutilmoqda.
Delgado futbolchi sifatida ham katta tajribaga ega: u Argentina terma jamoasida 1995–2002 yillarda 18 ta o‘yin o‘tkazgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham maydonga tushgan.
Shuningdek, u 2003 yilda Libertadores Kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. Delgado bu sovrinni «Santos» hujumchisi, braziliyalik Rikardo Oliveyra bilan birga qo‘lga kiritgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













