Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua OCHLdan chiqib ketdi

Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua OCHLdan chiqib ketdi

Osiyo Chempionlar ligasida seshanba kuni «Shanxay Shenyxua» (Xitoy) o‘z maydonida «Matida Zelviya» (Yaponiya)ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvda mehmonlar erta gol urdi va yakunda yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Matida Zelviya» safida Yuki Soma dubl qayd etdi: u 3-daqiqada hisobni ochdi, 88-daqiqada esa yakuniy natijani belgiladi. «Shanxay Shenyxua» esa o‘yin davomida javob golini ura olmadi.

Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Leonid Slutskiy jamoasi Osiyo Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan butunlay ayrildi. Umumiy bosqichning 7 turidan keyin «Shanxay Shenyxua» atigi 4 ochko to‘plagan.

Eslatib o‘tamiz, Leonid Slutskiy xitoy klubini 2023 yil oxirida qabul qilib olgandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Fotima
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.