Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Boka Huniors klubida yangi sport direktori tayinlandi

Argentina grandi «Boka Huniors» sport direktori lavozimiga yangi nomni e'lon qildi — bu vazifani endi Marselo Delgado bajaradi. U klub prezidenti Xuan Rikelme bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi. Avval «Barselona» safida ham to'p surgan Rikelme bilan tandem jamoaga tezkor kuchaytirishlar topish ustida bosh qotiradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Delgado futbolchilik faoliyatida ham e'tiborli iz qoldirgan: u 1995–2002 yillarda Argentina terma jamoasi safida 18 uchrashuvda maydonga tushgan va 1998 yilgi jahon chempionatida ham qatnashgan. 2003 yilda esa u «Santos» hujumchisi Rikardo Oliveyra bilan birga Libertadores kubogining eng yaxshi to'purari bo'lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.