Entoni Gordon Nyuakasl safida Shirer rekordini yangiladi

Entoni Gordon Nyuakasl safida Shirer rekordini yangiladi

Angliyalik hujumchi Entoni Gordon safarda Ozarbayjonning “Karabax” klubiga qarshi o‘yinda haqiqiy shou ko‘rsatdi — u raqib darvozasiga to‘rtta gol urib, javob uchrashuvini amalda rasmiyatchilikka aylantirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu natija bilan Gordon Chempionlar ligasidagi rekordlardan birini takrorlash bilan birga, “Nyuakasl” tarixida ham nufuzli Yevropa musobaqasida yangi marrani o‘rnatdi.

Gap shundaki, Gordon Chempionlar ligasida “Nyuakasl” safida urilgan gollar bo‘yicha Alan Shirerni (unda 7 gol bor edi) ortda qoldirdi va klubning yakka rekordchisiga aylandi. Javob bahsi kelasi hafta Angliyada o‘tkaziladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.