Saudiya Arabistonida fojea Al-Qadisiya futbolchisi vafot etdi

Saudiya Arabistonida fojea Al-Qadisiya futbolchisi vafot etdi

Saudiya futbolidan qayg‘uli xabar: «Al-Qadisiya» safida to‘p surib kelgan 16 yoshli himoyachi Turki Al-Saed hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi rasmiy bayonot berib, marhum xotirasiga nekrolog e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Al-Qadisiya» hozirda Saudiya Arabistoni futbolining ikkinchi darajadagi ligasida ishtirok etmoqda va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa tarkibida avval «Atalanta»da o‘ynagan italiyalik Mateo Retegi ham bor.

Yosh futbolchining vafot sababi hozircha rasman ochiqlanmadi. Biroq norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa yo‘l-transport voqeasi oqibatida yuz bergan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.